Jahon

Ispaniyada 4 mingdan ortiq odam jazirama qurboni bo‘ldi

Eng ko‘p o‘lim Madridda qayd etilgan.

Ispaniyada 4 mingdan ortiq odam jazirama qurboni bo‘ldi

 

Ispaniyada bu yil yozda jazirama sabab 4600 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash institutiga tayanib, “Europa Press” nashri xabar berdi. 

 

Olimlar fikricha, iyul oyida Ispaniyani qamrab olgan jazirama to‘lqinlari o‘limning sezilarli darajada oshishiga olib kelgan. Vafot etganlar, asosan, nafas siqishi, yuqori qon bosimi, oftob urishi ta’siri, yurak kasalliklari bilan bog‘liq holatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

 

Yuqori harorat tufayli eng ko‘p o‘limlar Madrid avtonom jamiyatida (1292), keyin Kastiliya va Leonda (576) va Kataloniyada (575) qayd etilgan.

 

Avvalroq Ispaniyada qurg‘oqchilik tufayli tarixiy obidalar paydo bo‘lgani xabar qilingandi. Qadimgi tosh doira va cherkov mamlakatdagi suv omborlarida suv sathi keskin kamaygani ortidan topilgan.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"