Jahon

Argentina vitse-prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Hodisa joyida 35 yoshli braziliyalik erkak qo‘lga olingan.

Argentina vitse-prezidentiga suiqasd uyushtirildi

 

Buenos Ayresda Argentina vitse-prezidenti Kristina Kirshnerga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda «Korrespondent» nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, voqea siyosatchining uyi yonida, u o‘z tarafdorlari bilan salomlashayotgan paytda sodir bo‘lgan. Internetda hujum aks etgan videoyozuv ham tarqaldi. Erkak vitse-prezidentning yuziga qurol o‘qtagan, biroq o‘q uzmagan.

 

Mahalliy matbuotning yozishicha, hujumchi noto‘g‘ri o‘q uzgan bo‘lishi mumkin.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"