Jahon

Pokiston: toshqin oqibatida qurbonlar soni 1000 dan oshdi

Kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari Pokiston hududining uchdan bir qismini suv bosdi

Pokiston: toshqin oqibatida qurbonlar soni 1000 dan oshdi

 

Bosh vazir Shehbaz Sharifning aytishicha, 1100 dan ortiq odam, jumladan 380 ga yaqini bolalar halok bo‘lgan.

 

Rasmiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 33 million kishi, yaʼni 220 millionlik Pokiston aholisining 15 foizdan ortig‘i toshqindan jabr ko‘rgan.50 mingdan ortiq odam mamlakat shimoli-g‘arbidagi ikkita boshpanaga evakuatsiya qilingan.

 

Tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligi rahbari Axtar Navozning aytishicha, Pokistonning 160 tumanidan 72 tasi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan. 800 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan.

 

Joriy yilning avgust oyida mamlakatda yog‘ingarchilik 30 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb 190 foizga ko‘p, jami 390,7 mm.ni tashkil etdi. 50 million aholisi bo‘lgan Sind provinsiyasi eng ko‘p jabr ko‘rdi va yomg‘ir 30 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 466 foizga ko‘p yog‘di.

 

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib, 5,2 million kishini oziq-ovqat, suv, sanitariya va tibbiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlash uchun 160 million dollar ajratishni so‘radi.

 

Pokiston allaqachon Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 1,1 milliard dollar moliyaviy yordam olgan. Hukumatning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, toshqinlardan ko‘rilgan zarar 10 milliard dollardan ortiqni tashkil qilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"