Jahon

Liviya yana urush yoqasiga kelib qoldi

Tripolidagi janglarda 23 kishi halok bo‘lgan.

Liviya yana urush yoqasiga kelib qoldi

 

Liviyaning raqib hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 23 kishi halok bo‘lgan, 150 ga yaqin odam yaralangan. 

 

Liviya poytaxti Tripolidagi janglar oxirgi ikki yildagi eng yomoni bo‘ldi va mamlakat yana to‘laqonli urushga kirishishi mumkinligidan xavotirlar bor.

 

Favqulodda xizmatlar bir kechada boshlangan janglarda yaralangan va qamalda qolgan tinch aholini evakuatsiya qilishga harakat qilmoqda.

 

Xabarda aytilishicha, poytaxtdagi shifoxonalar va tibbiyot markazlari o‘qqa tutilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"