Jahon

Qurg‘oqchilik Ispaniyaga 500 mln yevro zarar keltirishi mumkin

Mamlakatda zaytun hosili keskin kamayishi kutilmoqda.

Qurg‘oqchilik Ispaniyaga 500 mln yevro zarar keltirishi mumkin

 

Ispaniyada davom etayotgan qurg‘oqchilik Kordova provinsiyasidagi zaytun hosilini ikki barobarga kamaytirib yuborishi mumkin.  Bu esa katta miqdorda moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi. 

 

Yosh fermerlar uyushmasi raisining aytishicha, avvalgi yili prvinsiyada 300 ming tonnaga yaqin hosil yig‘ilgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 180 ming tonnani tashkil etadi va 500 mln yevrogacha zarar keltirish mumkin. 

 

Bundan tashqari, Zaytun moyi ishlab chiqaruvchilar mineral o‘g‘itlar, fitosanitariya mahsulotlari va dizel yonilg‘isi narxlarining ko‘tarilishidan ham aziyat chekmoqda. 

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada anomal issiq va qo‘rg‘oqchilik sabab Ispaniyaning ayrim hududlarida suvdan foydalanishnga cheklovlar joriy qilingandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"