Jahon

Italiyalik fuqaro bir vaqtning o‘zida 3 ta virus yuqtirdi

Bemorda koronavirus, OIV hamda maymunchechak infeksiyasi aniqlangan.

Italiyalik fuqaro bir vaqtning o‘zida 3 ta virus yuqtirdi

 

Italiyada 36 yoshli bemorga bir vaqtning o‘zida ham COVID-19, ham maymunchechak, ham OIV tashxisi qo‘yildi. Mutaxassislar buni tibbiyot tarixidagi ilk holat deb baholamoqda. 

 

Ma’lum bo‘lishicha, Italiya fuqarosi bir muddat avval Ispaniyaga besh kunlik sayohatga borgan. Safardan qaytgach, to‘qqiz kun davomida tana harorati 39 darajaga ko‘tarilib, tomoq va bosh og‘rig‘i hamda holsizlikdan aziyat chekkan.

 

Tibbiy tekshiruvlar davomida unda COVID-19 qayd etilgan. Biroq shu kunning ikkinchi yarmida bemor chap qo‘lida toshmalar paydo bo‘la boshlagan.

 

Ertasi kuni esa deyarli butun tanani og‘riq beruvchi pufakchalar qoplagan. Qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng u maymunechak virusi va OIV infeksiyasini ham yuqtirgani aniqlangan.

 

Organizmda aniqlangan infeksiyalarning bunday kombinasiyasi bemor salomatligiga qanchalik xavfli ta’sir ko‘rsatishi xususida hali hech qanday dalillar yo‘q.

 

“Aslida maymunchechakning OIVga chalingan bemorlarda qayd etilishi avvalroq ma’lum bo‘lgandi. Ammo bu kombinatsiyaga koronavirus ham qo‘shilishi mutaxassislar uchun yangilik bo‘ldi”, — deyiladi SSV Matbuot xizmati xabarida.

 

Ayni paytda olimlar mazkur holatni chuqurroq o‘rganish yuzasidan tegishli tadqiqotlar olib bormoqda.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"