Jahon

Finlandiya Bosh vaziri xalqdan uzr so‘radi

Avvalroq uning ziyofatda olingan foto va videolari tarqalgandi.

Finlandiya Bosh vaziri xalqdan uzr so‘radi

 

 

Finlandiya Bosh vaziri Sanna Marin bazmdagi ishtiroki uchun barchadan  kechirim so‘radi. 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ziyofatdan olingan fotosuratlar va videolar haqida so‘ralganda, u kadrlar Bosh vazirning Kesarantada (Xelsinkida joylashgan) rasmiy qarorgohida suratga olinganini tan olgan. U suratga olishganini bilgan, ammo ularni tarqalib ketishini kutmagan

 

“Buning uchun uzr so‘rayman. Men bu suratga ruxsat bermasligim kerak edi”, dedi u matbuot anjumanida. 

 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu uning ta’til paytida uyushtirgan shaxsiy ziyofati va bo‘sh vaqtlarida davlat xavfsizligiga hech qanday tahdid solmasdan do‘stlari bilan yig‘ilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"