Jahon

Yadro tahdidi eng yuqori darajaga chiqdi—Guterrish

BMT Bosh kotibi Zaporojye AES bo‘yicha muloqot o‘tkazishga chaqirdi.

Yadro tahdidi eng yuqori darajaga chiqdi—Guterrish

 

Atom bombasiga ega davlatlar yadro urushi bo‘lmasligi uchun eng katta majburiyatni olishi kerak. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi. 

 

“So‘nggi o‘n yillikda yadro tahdidi eng yuqori darajaga yetdi. Yadro quroligv ega davlatlar yadrosiz mamlakatlarga bu qurollarni ularga qarshi qo‘llamaslikka kafolat berishi kerak”, — degan bosh kotib BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishida. 

 

Bundan tashqari, Guterrish Zaporojye AES atrofidagi vaziyatni muloqot orqali hal etishga chaqirgan.

 

Avvalroq BMT bosh kotibi xavfsizlikka erishish uchun yadro quroli shart emasligini aytgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"