Jahon

Portugaliyada YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bog‘ yonib ketdi

Talafot taxminan 15 ming gektar maydonni vayron qilgani aytilmoqda.

Portugaliyada YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bog‘ yonib ketdi

 

Portugaliyaning markaziy qismida 6 avgust kuni sodir bo‘lgan yong‘in YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Serra-da-Eshtrela bog‘idagi noyob o‘rmonni yo‘q qilgani aytilmoqda.

 

Mamlakat hukumati maʼlumotlariga ko‘ra, talafot taxminan 15 ming gektar maydonni vayron qilgan bo‘lib, bu Portugaliyada joriy yilning yozida sodir bo‘lgan eng yirik yong‘in deb topildi.

 

Portugaliyadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari yonayotgan joydan 300 km uzoqlikda joylashgan Ispaniya poytaxti – Madridga ham yong‘in hidi yetib keldi.

 

Yil boshidan buyon 81 ming gektarga yaqin maydon yonib ketgan, bu 2017 yilda yuz bergan va 100 ga yaqin odam halok bo‘lgan halokatli yong‘inlardan keyingi eng kattasi hisoblanadi. Bu tabiat va o‘rmonlarni muhofaza qilish institutining so‘nggi maʼlumotlarida aks etgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"