Jahon

Bobojonov: SHHT doirasida IIVlar hamkorligini kuchaytirish kerak

Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar Ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Bobojonov: SHHT doirasida IIVlar hamkorligini kuchaytirish kerak

 

SHHT ichki ishlar vazirliklari o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston IIV rahbari Po‘lat Bobojonov maʼlum qildi.

 

Bu haqda Bobojonov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan SHHTga aʼzo davlatlar Ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining to‘rtinchi yig‘ilishida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fuqarolar huquq va erkinliklari, jamoat xavfsizligini taʼminlash, terrorizm, ekstremizm va separatizm hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.

 

Shu bilan birga vazir SHHT doirasida yangi chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurash salohiyati kengayganini taʼkidlagan.

   

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"