Jahon

Shols: Energetik inqiroz bir yil avval boshlangan

Germaniya kansleri gaz importi qisqarganiga izoh berdi.

Shols: Energetik inqiroz bir yil avval boshlangan

 

Germaniya kansleri Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda energetika tanqisligi sodir bo‘lishini o‘tgan yiliyoq ko‘rish mumkin edi.

 

"Muammo borligi o‘tgan yiliyoq aniq bo‘lgandi. Rossiya kompaniyalariga tegishli gaz omborlari to‘ldirilmagan edi", — degan u.

 

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Polshaga gaz importi mavjud quvurlar orqali emas, balki Germaniya omborlaridan amalga oshirilgan. Shols bu o‘ziga xos signal bo‘lganini va Berlin Ukraina mojarosiga qadar suyultirilgan gaz infratuzilmasiga investitsiya kiritganini taʼkidlagan. Shu bilan birga u kelajak qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ekanini aytgan.

 

Avvalroq Shols Moskvani ishonchsiz hamkor deb atagandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"