Jahon

Yaponiyaga tropik boʻron yopirildi

Oqibatda ayrim yoʻllar yopilgan va bir qator hududlarda elektr taʼminoti uzilgan.

Yaponiyaga tropik boʻron yopirildi

 

“Meari” tropik boʻroni Yaponiya qirgʻoqlariga yetib keldi, deb yozmoqda “The Japan Times” nashri. 

 

Xabarda aytilishicha, Tokio, Kanto Koshin, Toxoku mintaqasida shamol tezligi 108 kilometr/soatga yetgan. Buning taʼsirida baʼzi tezyurar poyezdlar va samolyotlar parvozlari bekor qilingan. 12 mingga yaqin odam aeroportlarda qolib ketgan. Bir qancha shaharlararo avtomagistrallar yopilgan.

 

Shidzuoka shahrida kuchli yomgʻir tufayli 72 ming kishi evakuatsiya qilinishiga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, bir qator hududlarda elektr taʼminoti uzilgan. Mamlakat meteorologiya xizmati qirgʻoqlarda kuchli yomgʻir, shamol va boʻronli toʻlqinlar, shuningdek, koʻchkilar, suv toshqini yuz berishi haqida ogohlantirmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"