Jahon

AQSH Afgʻonistonga 150 mln dollar ajratdi

Mablagʻ uchta tashkilot orqali oʻtkaziladi.

AQSH Afgʻonistonga 150 mln dollar ajratdi

 

 

AQSH BMTning uchta tashkiloti orqali Afgʻonistonga 150 million dollar yordam ajratdi. Bu haqda AQSHning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Tomas Uеst maʼlum qildi.

 

“Biz Afgʻonistondagi iqtisodiy inqirozni yengib oʻtish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. 150 million dollar oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal qilishga yordam beradi, afgʻon bolalarini maktabda saqlab qoladi va ayol-qizlarning imkoniyatlarini kengaytiradi”, - deyiladi Uеst bayonotida. 

 

Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotiga 80 million dollar, BMTning YUNISEF bolalar jamgʻarmasiga 40 million dollar, BMT ayollar tashkilotiga 30 million dollar ajratgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"