Jahon

Tolibon va’dasida tura olmadi

BMT ekspertlari Afg‘oniston kelajagini “qorong‘i” deb baholamoqda.

Tolibon va’dasida tura olmadi

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining mustaqil ekspertlar guruhi xalqaro hamjamiyat afg‘on hukumatining inson huquqlarini hurmat qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarini kuchaytirishga chaqirdi. 

 

“Agar xalqaro hamjamiyat Tolibonni inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga undash uchun ko‘proq harakat qilmasa, Afg‘onistonning kelajagi nihoyatda qorong‘i bo‘ladi”, — deyiladi BMT ekspertlari bayonotida.

 

Mutaxassislarning fikricha, Tolibon ko‘plab inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan, ulardan eng dahshatlisi ayollar va qizlarning ijtimoiy hayotdan virtual chetlatilgani, shuningdek, ularga muntazam ravishda tazyiq o‘tkazilayotgani.

 

Ekspertlarga ko‘ra, Tolibon nafaqat o‘z va’dalarini bajara olmadi, balki ular o‘tgan yigirma yil davomida erishilgan yutuqlarning katta qismini o‘zgartirgan.

 

Mutaxassislar, shuningdek, xalqaro yordamning ayrim kanallari to‘xtatilishi va Afg‘onistonning xorijdagi aktivlarining muzlatib qo‘yilgani tufayli mamlakatda gumanitar va iqtisodiy inqirozning chuqurlashib borayotganidan tashvishda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"