Jahon

AQSHning Indiana shtatida kuchli portlash ro‘y berdi

Oqibatda 3 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

AQSHning Indiana shtatida kuchli portlash ro‘y berdi

 

AQSHning Indiana shtatidagi Evansvill shahrida turar-joy binosi portladi. Bu haqda USA Today nashri xabar berdi.

 

Portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Rasmiylar uy joylashgan ko‘cha vayronalarga to‘lib ketgani, qo‘shni binolar jiddiy shikastlanganini taʼkidlamoqda. Barcha yong‘inlar o‘chirilgan. Portlash sodir bo‘lgan hududda elektr taʼminotida uzilishlar mavjud. Politsiya voqea joyidan yaqin atrofdagi ko‘chalarni to‘sib qo‘ygani aytilmoqda.

 

Evansvill o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Mayk Konneli xabariga ko‘ra, portlash radiusi 30 metrdan oshib, 40 ga yaqin uyga zarar yetkazgan, shundan 11 ta bino esa yashash uchun yaroqsiz deb topilgan.

 

Vanderburg okrugi rasmiylari uch kishi halok bo‘lganini tasdiqladi, N.Vaynbax prospektidagi portlash qurbonlarini qidirish davom etmoqda.

 

Ayni damda voqea joyida Federal byuro tomonidan spirtli ichimliklar, tamaki, o‘qotar qurollar va portlovchi moddalar bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Hozircha portlash sabablari aniqlanmagan.

 

Qizil Xochning mahalliy bo‘limi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatib, ularni vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat va suv bilan taʼminlamoqda.

custom img

Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi

Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"