Jahon

Kubada chaqmoq urishi sabab neft ombori portladi

Hukumat yong‘inni o‘chirishda qo‘shni davlatlardan yordam so‘radi.

Kubada chaqmoq urishi sabab neft ombori portladi


Kubaning Matansas provinsiyasidagi neft omborida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. 


Hodisa oqibatida 67 kishi jarohat olgan, 17 kishining taqdiri noma’lum. 52 nafar yarador kasalxonaga yetkazilgan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir.


Prezident idorasi xabariga ko‘ra, omborda  to‘rtta portlash sodir bo‘lgan.


Hodisa 25 ming kub metrga yaqin neft bo‘lgan rezervuar gumbaziga chaqmoq tushgani oqibatida sodir bo‘lgan. Kuba hukumati yong‘inni o‘chirishdan qo‘shni davlatlardan yordam so‘ragan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"