Jahon

Muhammad Alining chempionlik kamari auksionga qo‘yildi

Uni milliarder Jim Isrey 6,18 mln dollarga sotib olgan.

Muhammad Alining chempionlik kamari auksionga qo‘yildi

 

24-iyul kuni afsonaviy bokschi Muhammad Alining shaxsiy buyumlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Unda sportchi 1974-yilda Jorj Formanni nokautga uchratib, qo‘lga kiritgan chempionlik kamari 6,18 million dollar evaziga sotildi.

 

Kimoshdi savdosida Milliy futbol ligasi “Indianapolis” egasi Jim Isrey g‘olib bo‘lgan.

 

Shuningdek, bokschining boshqa buyumlari, jumladan, u Jo Freyzerga qarshi “asr jangi”da kiygan mantiya ham sotilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Ali 1974-yili Jorj Formanga qarshi bahsda uni sakkizinchi raundda nokautga uchratib, kubokni qo‘lga kiritgan edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"