Jahon

Serbiya va Xorvatiya o‘rtasida janjal avj olmoqda

Bu Serbiya Prezidentining Xorvatiyaga tashrifi rad etilishi bilan bog‘liq.

Serbiya va Xorvatiya o‘rtasida janjal avj olmoqda

 

Bolqon davlatlari orasida diplomatik janjal avj oldi. Xorvatiya Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning Xorvatiyaning Pakrak shahriga shaxsiy tashrifini rad etdi. Shundan so‘ng Belgrad javob choralarini ko‘rish bilan tahdid qilgan. 


Vuchich Xorvatiyaning SDSS partiyasi rahbari Milorad Pupovach bilan bog‘lanib, unga Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlar konslageri joylashgan Pakarak shahriga shaxsiy tashrifni rejalashtirayotganini aytgan. Biroq rasmiy Zagreb buni ma’qullamagan va tomonlar o‘rtasida sovuqchilik boshlangan.


Xorvatiya rad javobini Serbiya tomonining hech qanday protokolga rioya qilmagani va hamma narsani diplomatik munosabatlar tartib-qoidalarisiz qilmoqchi bo‘lgani bilan izohlagan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"