Jahon

Gruziya Oʻrtayer dengizidagi operatsiyalarda NATOga hamkor bo‘ldi

Hamkorlik maqomi alyansning 4 yillik baholash dasturidan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin berilgan.

Gruziya Oʻrtayer dengizidagi operatsiyalarda NATOga hamkor bo‘ldi

 

Shimoliy Atlantika alyansi Gruziyaga NATOning O‘rtayer dengizidagi xavfsizlik bo‘yicha operatsiyada hamkor maqomini berdi. Bu haqida mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar qilgan.


Qaror alyans tomonidan Gruziya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining taktik bo‘linmalari NATOning 4 yillik baholash dasturidan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin qabul qilingan.


Eslatib o‘tamiz, “Dengiz qo‘riqchisi” operasiyasi 2016-yil noyabr oyida boshlangan. Ushbu operasiyadan asosiy maqsad dengizda xavfsizlikni ta’minlash va tahdidlarga o‘z vaqtida javob berishdir.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"