Jahon

Italiyada so‘nggi 70 yildagi eng og‘ir qurg‘oqchilik kuzatilmoqda

Mamlakatdagi eng katta Po daryosi suvi kamayib bormoqda.

Italiyada so‘nggi 70 yildagi eng og‘ir qurg‘oqchilik kuzatilmoqda

 

Suv yetishmasligi dehqonlarning hosilini buzmoqda. Bir necha oy oldin yashil qirg‘oq bo‘ylab oqadigan daryolarning o‘zani cho‘lga o‘xshab qolgan.

 

Italiya shimolidagi qurg‘oqchilik so‘nggi 70 yildagi eng og‘iri sifatida baholanmoqda.

 

Bunga bahor va yozda yog‘ingarchilikning kam yog‘ishi, qishda qorning kam yog‘ishi, yozda havo haroratining sezilarli darajada ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

 

Iyul oyi boshida Italiya shimolidagi beshta hududda qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat eʼlon qilingan edi. O‘nlab munitsipalitetlarda suv taʼminoti rejimi joriy etilgan.

 

Po daryosi vodiysidagi fermerlarning aytishicha, daryoning bir qismi qurib qolgan, boshqa qismlarida esa dengizning sho‘r suvi aralashib, ekinlarga zarar yetkazmoqda.

 

Po daryosi janubi-g‘arbiy Alp tog‘laridan boshlanadi Adriatika dengiziga quyiladi. Daryo uzunligi 650 kilometr atrofida.

 

Mamlakat qishloq xo‘jaligining deyarli uchdan bir qismi ushbu daryo bilan bog‘liq.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"