Jahon

Mango Rossiyadagi barcha do‘konlarini sotadi

Mulk huquqini topshirish jarayoni yaqin oylarda amalga oshiriladi.

Mango Rossiyadagi barcha do‘konlarini sotadi

 

Ispaniyaning Mango brendi Rossiya bozorini tark etadi va o‘zining franchayzing modelida ishlaydigan do‘konlarini sotadi. Bu haqda El País va La Vanguardia kompaniyadagi manbalarga tayanib хаbar berdi

 

Kompaniya Rossiyada 800 xodim ishlaydigan 55 do‘konga egalik qiladi. Bir nechta mahalliy hamkorlar bilan savdo shartnomalari tuzilgan. Mulk huquqini topshirish jarayoni yaqin oylarda amalga oshiriladi. 

 

Birinchi ikkita Mango do‘koni keyingi haftada franchayzi egalariga topshiriladi, iyul oyining oxiriga qadar yana 22 do‘kon o‘z xodimlari va mamlakatdagi hamkorlar uchun eng yaxshi variantni izlaydi. Franchayzing modeliga ko‘ra, hozirda Rossiyada 53 ta Mango do‘koni faoliyat yuritmoqda.

 

Kelishuv natijasida Mango Rossiyaga mustaqil ravishda mahsulot yetkazib berishni to‘xtatadi. Xaridlarni Rossiyaga tovarlarni tashish yo‘lida logistika bilan taʼminlaydigan franchayzilar amalga oshiradi.

 

Mango hamkorlari ham kompaniya xodimlari va yetkazib beruvchilariga «sodiq qoladi». Kompaniya Internet orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdolarni amalga oshirmaydi, bu amaliyot Rossiyada mart oyi boshidan to‘xtatilgan.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"