Jahon

Shanxaydagi neft-kimyo zavodida katta yong'in

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Shanxaydagi neft-kimyo zavodida katta yong'in

 

Xitoyning Shanxay shahridagi  neft-kimyo zavodida keng ko‘lamli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Yong’in "Sinopec Shanghai Petrochemical" davlat neft kompaniyasiga tegishli etilen glikolni qayta ishlash zavodida yuz bergan.

 

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Havoga zaharli moddalar tarqagani taxmin qilinmoqda.

 

“Oʻt oʻchiruvchilar hozirga kelib  olovni toʻxtatishga muvaffaq boʻlishdi”, deyiladi kompaniyaning Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida eʼlon qilingan bayonotida.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"