Jahon

Moldova Rossiyaning axborot dasturlarini efirga uzatishni taqiqladi

Shuningdek, Rossiyaning harbiy filmlar namoyishi ham cheklandi.

Moldova Rossiyaning axborot dasturlarini efirga uzatishni taqiqladi

 

Moldova hukumati Rossiya yangiliklarini translyasiya qilishni taqiqladi. Prezident Mayya Sandu axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. 


Ushbu qonun keyingi haftadan kuchga kiradi. Hujjat Moldova telekanallariga Rossiya yangiliklari va tahliliy dasturlarini, shuningdek, Rossiya harbiy filmlarini ko‘rsatishni taqiqlaydi.


Hujjatda axborot xavfsizligiga tahdid soladigan “dezinformasiya” tushunchasi ham belgilab berilgan. Gap “harbiy tajovuz, gibrid tajovuz, terrorizm, diktatorlik tuzumlarini oqlaydigan yoki targ‘ib qiluvchi” ma’lumotlar haqida bormoqda.


Dezinformasiya tarqatganlik uchun 2 ming yevrodan 5 ming yevrogacha jarima, shuningdek, eshittirish lisenziyasini, yetti kungacha to‘xtatib turish nazarda tutilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"