Jahon

Bangladeshda vayronakor toshqin

4 milliondan ortiq odam tabiiy ofatdan aziyat chekmoqda.

Bangladeshda vayronakor toshqin

 

Bangladeshda yog'ingarchilik ortidan boshlangan toshqin katta vayronagarchilklarga sabab bo'ldi. Bu haqda "Channel NewsAsia" xabar berdi.

 

Natijada 4 milliondan ortiq odam halokat zonasida qolib ketdi. Shuningdek, kamida 41 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

 

Mamlakat shimoli-sharqidagi aksariyat hududlar suv ostida qolgan, kuchli yomg‘ir davom etgani sayin vaziyat yomonlashmoqda.

 

O'z navbatida, rasmiylar armiya ko'magida ofat zonasida qolgan aholini qutqarib, yordam ko'rsatmoqda. Ekologlar iqlim o‘zgarishi mamlakatga ko‘proq tabiiy ofatlar olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"