Jahon

Ular qilmishiga jazolanishi va bu boshqalar uchun ibrat bo‘lishi zarur —Olimjon O‘sarov

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi “Sevimli” telekanali ijodkorlarining organ xodimlari tomonidan kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirdi.

Ular qilmishiga jazolanishi va bu boshqalar uchun ibrat bo‘lishi zarur —Olimjon O‘sarov


 

Avvalroq joriy yilning 11 iyun kuni “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston – Iroq o‘rtasidagi futbol o‘yinlarini yoritishga borgan “Sevimli” telekanalining muxbiri va tasvirchisiga  Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuch ishlatilgani haqida xabar bergandik. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov munosabat bildirdi.


“Biz qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda yashayapmiz. O‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan ommaviy axborot vositasi xodimiga to‘sqinlik qilishga, unga nisbatan kuch ishlatishga, qo‘lidagi  mikrafoni yoki kamerasini tortib olishga hech kimning, shu jumladan, ichki ishlar  organlari xodimlarining ham qonunan haqqi yo‘qligini hammamiz yaxshi bilamiz.


Davlatimiz rahbari “Qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi” deb alohida ta’kidlaganini, afsuski, ayrim osoyishtalik posbonlari unutib qo‘yganga o‘xshaydi. Aksincha bo‘lganida, futbol chempionatini yoritish uchun “Paxtakor” stadioniga borgan jurnalist va tasvirchi ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklanmagan bo‘lardi.


Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 11 iyun kuni Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O‘zbekiston – Iroq o‘yinini yoritishga borgan “Sevimli” telekanali muxbiri va tasvirchisiga nisbatan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuch ishlatilgan. Mikrafoni va kamerasini tortib olingani kamlik qilganidek, xodimlar tomonidan kaltaklangan. Xuddi jinoyatchi kabi jurnalistlarning qo‘llarini qayirib, Shayxontohur tuman IIB binosiga olib borishgan...


Jabrlangan muxbirning aytishicha, ichki ishlar xodimlari undan kechirim so‘rab, ortiqcha gap qilmasligi va biron joyda gapirib yurmaslini tayinlagan.


Xo‘sh, shu bilan “yopig‘lik qozon yopig‘ligicha” qolaveradimi? Amaldagi qonun normalarini chetlab o‘tgan, OAV xodimlariga zo‘ravonlik qilgan “osoyishtalik posbonlari” yana hech narsa bo‘lmaganidek, o‘z ishini davom ettiraveradimi? Yo‘q, endi bunga aslo toqat qilib bo‘lmaydi, ular qilmishiga jazolashishi va bu boshqalar uchun ibrat bo‘lishi zarur.


O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi OAV xodimlarining huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qat’iy davom etadi. Jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilish, noqonuniy yo‘llar bilan daxl qilish, shaxsini obro‘sizlantirishga bo‘lgan har qanday urinishlarni keskin qoralaydi.


Alohida qayd etamizki, mazkur holat O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, AOKA, O‘zMMA  tomonidan nazoratga olingan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Bosh prokuraturaga so‘rov yuborilgan va shu bilan birga, holat yuzasidan mustaqil o‘rganish ham olib borilmoqda.


Eng achinarlisi, ushbu ko‘ngilsiz holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokama qilinayotgan va e’tirozlarga sabab bo‘layotgan bir paytda, ya’ni bugun Andijon shahar “Yangi bozor” savdo majmuasida IIB xodimi tomonidan shakar savdosini suratga olayotgan Human.uz xodimining xizmat telefoni qonunga zid holatda tortib olingan va jurnalist IIBga olib ketilgan.


Aslida, jurnalistga tazyiq, bosim o‘tkazilgan holatlar bo‘yicha Uyushmamiz aybdorlarga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, ichki ishlar organlariga (najot kutib) murojaat qilib kelganmiz. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili Qalampir.uz jurnalistiga qilingan tuhmat, joriy yilda Rost24.uz bosh muharririga bosim o‘tkazilgani holati bo‘yicha ham Ichki ishlar vazirligiga so‘rov yuborgandik. Afsuski, hanuzgacha IIVdan bu borada tegishli javob olinmadi. Bu vaqt ichida qancha prosessual muddatlar o‘tib ketganini huquq himoyachilariga eslatib o‘tish ortiqcha bo‘lsa kerak.


O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Sevimli” telekanali muxbiri va tasvirchisi, Human.uz xodimi bilan bog‘liq achinarli holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya mutasaddilaridan xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga munosib baho berilishini, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini va bu haqida rasman ma’lum qilinishini so‘raydi”, — deyiladi munosabatda.

 

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"