Jahon

Shanxayda 2 milliondan ortiq kishi karantinga olindi

Ularning barchasi COVID-19‘ga test topshiradi.

Shanxayda 2 milliondan ortiq kishi karantinga olindi

 

Shanxay shahar maʼmuriyati yana 2.7 million kishini karantinga jo‘natdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

 

“Shanxay janubi-g‘arbidagi 2.7 million aholi yashaydigan Minxan tumani “yopiq boshqaruv” rejimiga o‘tdi. Uning barcha aholisi COVID-19‘ga test topshiradi”, – deyiladi xabarda.

 

Shahar maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, barcha test namunalari o‘rganilganidan so‘ng karantin tugatiladi. Shu bilan birga bu bo‘yicha aniq muddatlar belgilanmagan.

 

Avvalroq Shanxayda iyul oxirigacha barcha karantin cheklovlari bekor qilinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"