Jahon

Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

Ukraina yetakchisining maʼlum qilishicha, u birinchi kunlardanoq shaharni himoya qilish o‘rniga, faqat o‘zini o‘ylagan.

Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

 

Vladimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati Xarkov viloyati boshqarmasi boshlig‘i Roman Dudinni ishdan bo‘shatganini maʼlum qildi

 

Men keldim, tushundim, Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatdim. Chunki u birinchi kunlardanoq shaharni himoya qilish o‘rniga, faqat o‘zini o‘ylagan”, — deydi Zelenskiy.

 

Zelenskiy yakshanba kuni ertalab Xarkov viloyatiga tashrif buyurib, u yerda harbiylar bilan uchrashgan edi.

 

Qayd etish lozim, hozirda Xarkov viloyatining bir qismi Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostida.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"