O‘zbekiston va Belarus mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi
Bu bo‘yicha ikki tomonlama memorandum imzolandi.

27-may kuni O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Belarusning kasb-hunar ta’limi instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shu kuni Toshkent shahrida Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari X. Fayzullaxo‘jayev va Belarusning kasbiy ta’lim instituti rektori V.Golubovskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ular mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlik qilish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Belorus Bosh vaziri Toshkentda tramvayni qayta tiklash bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi ekanini aytgandi.







