Jahon

Nepalda bortida 22 kishi bo‘lgan samolyot yo‘qolib qoldi

Havo kemasi bilan parvoz vaqtida aloqa uzilgan.

Nepalda bortida 22 kishi bo‘lgan samolyot yo‘qolib qoldi

 

Bugun, 29-may kuni Pokxaradan Jomsomga parvoz qilgan xususiy aviakompaniya samolyoti havoga ko‘tarilganda yo‘qolib qoldi.  Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, “Tara air” kompaniyasining “Twin Otters” samolyoti g‘arbiy Pokxara shahridan ertalab soat 9:55 da uchib ketgan. Havo harakatini boshlanganidan so‘ng u bilan aloqa uzilib qolgan. 

 

Aviakompaniya vakili vavo kemasida 19 nafar yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lganini aytmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"