Jahon

Afg‘onistonda ketma-ket 3 ta portlash sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Afg‘onistonda ketma-ket 3 ta portlash sodir bo‘ldi

 

Afg‘onistonnning Mozori Sharif shahrida ketma-ket 3 ta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi. 


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  voqea shaharning 5- va 10-mavzelarida ro‘y bergan. Mikroavtobuslarning porlatilishi oqibatida jami 10 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 


Shuningdek, Kobul shahridagi “Hazrati Zakariya” masjidida ham portlash yuz bergan. Polisiya xodimlari hodisada 2 kishi jarohat olganini ma’lum qildi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"