Jahon

Saudiyada ayollardan iborat ekipaj tuzildi

Ayollar boshqaruvidagi samolyot ichki reyslarni amalga oshiradi.

Saudiyada ayollardan iborat ekipaj tuzildi

 

Saudiyaning “Flyadeal” aviakompaniyasi qirollik tarixida ilk bor  to‘liq ayollardan iborat ekipaj reysini tashkil qildi. Bu haqda “The National” nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, “Airbus–320” samolyoti Ar-Riyod—Jidda yo‘nalishi bo‘yicha ichki reysni amalga oshirgan. Ekipajning barcha a’zosi, xususan, uchuvchilar va styuardessalar ham ayollardan iborat.

 

“So‘nggi yillarda qirollikda ayollarga katta huquq va imkoniyatlar berilganidan so‘ng, saudiyalik ayollar ko‘plab sohalarda, jumladan, aviasiyada ham o‘zlarini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmoqda”, — deyiladi xabarda. 


Endilikda qirollik mavjud milliy aviatashuvchilardan tashqari yana bir aviakompaniyani ishga tushirishni va Ar-Riyodda yirik xalqaro ayeroport qurishni rejalashtirmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"