Jahon

Toshkentda SHHTning yana bir yirik forumi bo‘lib o‘tadi

Forum 11-12-may kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkentda SHHTning yana bir yirik forumi bo‘lib o‘tadi

 

Joriy yilning 11-12-may kunlari Toshkentda “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yoʻlida oʻzaro hamjihatlik” shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili

Tadbir Oʻzbekistonning ShHTga raisligi tashabbusida oʻtkazilmoqda.

Forumda ShHTga aʼzo davlatlar parlamentlari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi ko’zda tutilgan.

Yalpi majlis ikki yoʻnalishda o’tkazilib, ishtirokchilar unda – “Xalqaro hamkorlikda xalq diplomatiyasining oʻrni” va “Xalq diplomatiyasi – zamonaviy davlatlararo muloqotning muhim elementi: SHHTga aʼzo davlatlarning tajribasi” mavzularida “SHHT oilasi” mamlakatlari oʻrtasidagi koʻp qirrali aloqalarni mustahkamlashni maqsad qilgan holda xalq diplomatiyasi vositalaridan samarali foydalanish yoʻllarini muhokama qiladilar.

Forum yakunlari boʻyicha ShHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommyunikesini qabul qilish rejalashtirilgan.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"