Jahon

Belarus Yevroittifoq bilan “yarashish” niyatida

Minsk sanksiyalar zanjirini uzishga umid qilmoqda.

Belarus Yevroittifoq bilan “yarashish” niyatida


Belarus Berlin va Yevropa Ittifoqi bilan muloqotni konstruktiv yo‘lga qaytarish va sanksiyalar zanjirini uzishni maqsad qilgan. Bu haqda Belarusning Germaniyadagi elchisi Denis Sidorenko ma’lum qildi. 

 

“Umid qilamizki, biz sanksiyalarga asoslangan munosabatlarning salbiy spiralini buzib, Berlin va YeI bilan muloqotimizni tiklay olamiz”, — degan u.

 

U Belarusning Germaniya va Yevropa Ittifoqi bilan bugungi kundagi munosabatlarini juda qiyin deb atadi va iqtisodiy aloqalar, barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

 

“Biz nemis hamkasblarimizni bu sohalar har ikki tomon manfaatlariga, shuningdek, mamlakatlarimiz fuqarolari manfaatlariga mos kelishiga ishontirishga harakat qilmoqdamiz”, — dedi Sidorenko.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"