Jahon

Kafolatchi davlatlar Ukrainaga qisqa muddatda askarlar yetkazib berishi kerak — Zelenskiy

Ukraina prezidenti xavfsizlik kafolati shartlarini ochiqladi.

Kafolatchi davlatlar Ukrainaga qisqa muddatda askarlar yetkazib berishi kerak — Zelenskiy

 

U buni "odamlar — soat" formulasi deb atagan.

 

"Men bizga xavfsizlik kafolati kerakligini va biz aynan o‘zimiz uchun zarur narsani so‘rayotganimni bilaman. Eng muhimi — bu odamlar va muddatlar. Fikrimcha, xavfsizligimiz kafolati "odamlar — soatlar" formulasiga asoslanishi kerak", — degan u.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘ilgan taqdirda, Kafolatchi davlatlar birinchi kuni qaror qabul qiladi, keyingi kunlari o‘z askarlarini jo‘natadi.

 

"Bu biz uchun tez yordamga teng", — deb qo‘shimcha qilgan Ukraina yetakchisi.

 

Avvalroq BMT bosh kotibi Kiyevda turgan paytda Rossiya shaharga raketa zarbalari bergani to‘g‘risida xabar berilgandi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"