Jahon

Afg‘oniston poytaxti va 10 ta viloyat elektrsiz qoldi

Bunga elektr uzatish minoralarining portlatilishi sabab bo‘ldi.

Afg‘oniston poytaxti va 10 ta viloyat elektrsiz qoldi

 

Tagma tumanida ikkita elektr ustunining portlashi Afg‘oniston poytaxti va bir qancha viloyatlaga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi xabar qildi. 


“Kecha tunda energiyani import qiladigan ikkita elektr uzatish minorasi vayron bo‘ldi. Ushbu hodisa natijasida Kobul va yana 10 ta viloyatda elektr ta’minoti uzilib qoldi”, — deyiladi kompaniyaning rasmiy xabarida.


Qayd etilishicha, texnik guruhlar voqea joyiga borib, zararni imkon qadar tezroq bartaraf etish uchun barcha ishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarning hech biri sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.


Ma’lumot uchun: Afg‘oniston elektr energiyasini Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan import qiladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"