Jahon

Erdo‘g‘an 5 yil ichida ilk bor Saudiyaga keldi

U ikki davlat munosabatlarining yangi bosqichi boshlanayotganini aytgan.

Erdo‘g‘an 5 yil ichida ilk bor Saudiyaga keldi

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni payshanba kuni Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifini boshladi. Bu uning ushbu mamlakatga 2017 yildan keyin ilk kelishi hisoblanadi.

 

Turkiya yetakchisi va uning rafiqasini Jidda aeroportida Makka amiri Xolid al-Faysal kutib olgan. Qator ekspertlar Erdo‘g‘anning so‘nggi oylarda arab davlatlari bilan mavjud muammolarni olib tashlaganini va ular bilan, eng avvalo BAA va Saudiya Arabistoni bilan yaqinlashishni boshlaganini qayd etgan.

 

Erdo‘g‘anning o‘zi bu tashrifni Anqara va Ar-Riyod munosabatlarining yangi bosqichi boshlanishi sifatida baholagan.

 

"Ibiz mintaqada tinchlik o‘rnatilishi va nizolar yakunlanishi uchun harakat qilyapmiz. O‘zaro munosabatlarning yangi davrini boshlashga harakat qilamiz. Bu siyosiy, harbiy va madaniy aloqalarni kuchaytirishni nazarda tutadi. Iqtisodiyotlarimizdagi o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi nuqtalar Saudiyalik investorlarni Turkiyaga jalb qilayotgan omillardan biri hisoblanadi", — degan u.

 

Hozirda Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashgan. Ular o‘rtasidagi muzokaralar Al-Salom saroyida, OAV uchun yopiq formatda o‘tgan.

 

Avvalroq Iroq Turkiyaning mamlakat hududidagi harbiy operatsiyasidan norozilik bildirgandi

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"