Jahon

Belgorodda o‘q-dorilar ombori yonib ketdi

Bu haqda viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov maʼlum qildi.

Belgorodda o‘q-dorilar ombori yonib ketdi

 

«Taxminan 3:35 larda portlash kabi kuchli shovqindan uyg‘onib ketdim. Bu xabarni yozayotganimda yana uchta portlash sodir bo‘ldi», — deb yozadi viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov Telegramda

 

Keyinchalik Gladkov aniqlik kiritishicha, dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Belgorod viloyatidagi Staraya Nelidovka qishlog‘i yaqinida o‘q-dorilar ombori yonib ketgan.

 

«Hozirgina Golovinskiy qishloq aholi punkti rahbari Denis Zolotuxin bilan bog‘landim. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Staraya Nelidovka qishlog‘i yaqinida o‘q-dorilar ombori yonmoqda», — deb yozdi Gladkov.

 

Viloyat gubernatori so‘zlariga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan jabrlanganlar yo‘q. Shuningdek, tur joylar va uylarning shikastlanish holatlari qayd etilmagan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"