Jahon

O‘zbekistonda bloklangan Twitter Ilon Mask nazoratiga o‘tdi

Twitter Inc aksiyalari Ilon Mask nazoratidagi kompaniya tarafidan sotib olingani eʼlon qildi.

O‘zbekistonda bloklangan Twitter Ilon Mask nazoratiga o‘tdi

 

Bitim doirasidа bitta aksiya 54,2 dollarga baholangan. Bitim amalga oshishi uchun Mask 25 mlrd.dollardan ortiq kredit mablag‘larini jalb qilgan. Agar megaregulyator bitimga qarshilik qilmasa, oldi-sotdi bitimi yil oxirigacha yopiladi.

 

Mask Twitter Inc kuzatuv kengashiga o‘z taklifini yuborgan vaqtda bitta aksiyaning narxi 44 dollar atrofida edi. Kecha ertalab bitim muvaffaqiyatli kechayotgani maʼlum bo‘lgach, aksiyalar narxi 52 dollargacha qimmatlagan. Ayni damda aksiyalar bo‘yicha savdolar to‘xtatilgan.

 

Tvitterning 1,3 mlrd. atrofida akkauntlar bor, ulardan 330 millioni faol hisoblanadi. Eng ko‘p foydalanuvchilar AQSHda - 80 mln. atrofida.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"