Jahon

BMT Bosh kotibi 25-aprel kuni Turkiyaga boradi

Shundan so‘ng Guterrish Moskva va Kiyevga tashrif buyuradi.

BMT Bosh kotibi 25-aprel kuni Turkiyaga boradi

 

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish 25-aprel, dushanba kuni Anqaraga tashrif buyuradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Guterrish Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashishni rejalashtirgan. Bo‘lajak muzokaralar mavzusi hozircha noma’lum.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov BMT bosh kotibi 26-aprel kuni Moskvaga kelishini va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib borishini ma’lum qilgandi. 


Shuningdek, Guterrish 28-aprelda Ukrainaga tashrif buyurib, u yerda prezident Vladimir Zelenskiy va tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uchrashuv o‘tkazadi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"