Jahon

Imron Xonga qarshi fitna bo‘lmagan — Pokiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi

Avvalroq sobiq bosh vazir AQSHni o‘ziga qarshi harakatlarda ayblagandi.

Imron Xonga qarshi fitna bo‘lmagan — Pokiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi

 

Pokiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq bosh vazir Imron Xonning lavozimidan chetlashtirishda xorijiy davlatlar ishtiroki bo‘lmaganini maʼlum qildi.

 

Bu haqda yangi hukumat rahbari Shahboz Sharif administratsiyasi tarqatgan press-relizda so‘z boradi. Sharif 22 aprel kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi yig‘ilishiga rahbarlik qilgan. Unda mart oyi oxirida Pokistonning Vashingtondagi elchixonasiga kelib tushgan telegramma muhokama qilingan.

 

Mamlakatning AQSHdagi sobiq elchisi Asad Majid Xon yig‘ilish qatnashchilarini bu telegramma mazmuni bilan tanishtirgan. Bundan oldin ushbu maktubda Qo‘shma Shtatlar rasmiylarining Imron Xon hukumatiga qarshi tahdidlari yozilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan.

 

"Milliy xavfsizlik qo‘mitasi telegramma mazmunini o‘rganib, tahlil qilgan holda hech qanday chet el fitnasi bo‘lmagani to‘g‘risida xulosaga keldi", — deyiladi press-relizda.

 

Imron Xon 10 aprel kuni lavozimidan chetlatiladi. U Pokiston tarixida ishonchsizlik votumi eʼlon qilingan birinchi bosh vazir. Isteʼfodan oldin u AQSH va mahalliy muxolifat unga tahdidlar bilan to‘la maktub yozganini eʼlon qilgandi.

 

Avvalroq Vashington Islomobodda hukumat almashganiga munosabat bildirgandi

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"