Jahon

Guterrishning Kiyevga tashrifi sanasi maʼlum bo‘ldi

BMT rahbari u yerda tashqi ishlar vaziri va prezident bilan uchrashadi.

Guterrishning Kiyevga tashrifi sanasi maʼlum bo‘ldi

 

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 28 aprelda Ukrainaga tashrif buyuradi. Bu haqda uning ofisi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Guterrish Kiyevda tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba va prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazadi. Bundan tashqari, bosh kotib Ukrainada faoliyat olib borayotgan BMT xodimlari bilan ham uchrashadi. Guterrish ular bilan Ukraina aholisiga gumanitar yordam yetkazishni kengaytirish masalasini muhokama qiladi.

 

Avvalroq Putinning BMT bosh kotibi bilan uchrashuvi sanasi maʼlum bo‘lgandi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"