Jahon

Turkiya sog‘liqni saqlash turizmi sektorining daromadi 10 mlrd dollardan oshdi

Turkiyada davolanish ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa, Yevropa Ittifoqi aholisi orasida juda mashhur.

Turkiya sog‘liqni saqlash turizmi sektorining daromadi 10 mlrd dollardan oshdi

 

Bu haqda Antaliya xalqaro sog‘liqni saqlash turizmi va taʼlim assotsiatsiyasi (UASTED) rahbari Mexmet Kanpolat maʼlum qildi. Kanpolat mamlakat sog‘liqni saqlash turizmi sektori daromadining Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an tomonidan 2023 yil uchun belgilangan maqsaddan oshib ketganini aytdi.

 

«Bu sohaning daromadi yiliga 10 mlrd dollardan oshdi», – dedi UASTED rahbari.

 

Tashkilot rahbarining aytishicha, xorijliklar Turkiyaga asosan tish davolash, onkologiya va estetik jarrohlik uchun keladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda Turkiyada turkiy tilli davlatlardan bemorlar soni ko‘payganini taʼkidladi.

 

«Jahon sog‘liqni saqlash turizmi bozori 100 milliard dollarga etadi. So‘nggi o‘n yillikdagi sarmoyalar tufayli Turkiya sog‘lomlashtirish turizmi sohasida kuchli beshlikka kirdi», — dedi Kanpolat.

 

Shu bilan birga, u Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiyadan Turkiyadagi tibbiyot muassasalariga kelayotgan bemorlar soni ortganini qayd etdi.

 

«Ishonchim komilki, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tugaganidan so‘ng ushbu davlat fuqarolarining Turkiyada davolanishga qiziqishi ortadi», — dedi UASTED rahbari.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"