Jahon

Yerliklar sayyoralar paradini kuzatishi mumkin

"Kichik sayyoralar parad"ida to'rtta sayyora: Yupiter, Saturn, Mars va Venera ishtirok etadi.

Yerliklar sayyoralar paradini kuzatishi mumkin

Quyosh tizimidagi sayyoralarning bitta chiziqda joylashashi “Sayyoralar paradi” fenomeni deb ataladi. Astronomlar ularni koʻrish uchun eng qulay vaqt – 20 aprel tonggi soat 4:00 ekanligini aytishmoqda. Sayyoralarni yulduzlardan farqlab olish uchun osmonda barqaror nur sochayotgan obyektni qidirish lozim. Sayyoralar yorugʻligi Yer atmosferasining taʼsiriga yulduzlarga nisbatan kamroq duch keladi.

 

Astronomlar joriy yilning 24-iyun sanasida ham “Sayyoralar paradi” fenomeni kuzatilishini maʼlum qilgan. Yozda siz oddiy ko'z bilan Moino Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn, shuningdek, maxsus optik uskunalar yordamida — Neptun va Uranni ham ko'rish mumkin bo’ladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"