Jahon

Fransiyaning sobiq yetakchisi Makronga ovoz berishga chaqirdi

Mamlakatda prezident saylovining ikkinchi turi 24 -аprelda bo‘lib o‘tadi.

Fransiyaning sobiq yetakchisi Makronga ovoz berishga chaqirdi

 

Fransiya sobiq prezidenti Fransua Olland prezident saylovlarining ikkinchi turida Emmanuel Makronga ovoz berishga chaqirdi.

 

“Fikrimcha, ushbu saylovlarda eng muhimi – Fransiya, uning yaxlitligi, uning Yevropadagi kelajagi va uning mustaqilligi. Shuning uchun men fransuzlarni emmanuel Makronga ovoz berishga chaqiraman”, – degan u TF1 telekanali efirida.

 

Olland 2012-2017 yillarda Fransiya prezidenti bo‘lgan. Makron uning rahbarligi davrida turli lavozimlarda, xususan, iqtisodiyot, moliya va raqamli iqtisod vaziri bo‘lib ishlagan.

 

Fransiyada prezidentlik saylovining ikkinchi turi 24-aprelda bo‘lib ztadi va unda Makron hamda Marin Le Pen kurash olib boradi.

 

Avvalroq Makron siyosatdan ketgach, yozuvchi bo‘lishini aytgandi

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"