Jahon

Yevropa Ittifoqi Yaqin Sharqdagi oziq-ovqat yetishmovchiliga qarshi kurashmoqchi

Rossiya-Ukraina mojarosi ayrim mintaqalarda g‘alla tanqisligini keltirib chiqardi.

Yevropa Ittifoqi Yaqin Sharqdagi oziq-ovqat yetishmovchiliga qarshi kurashmoqchi

 

Yevropa Ittifoqi Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Bolqon mintaqasidagi oziq-ovqat hamda o‘g‘it yetishmovchiligi muammosini “oziq-ovqat” diplomatiyasi yordamida hal qilmoqchi.

 

Oziq-ovqat xavfsizligining mavjud emasligi ushbu hududda joylashgan ayrim davlatlarning Rossiyaga qarshi sanksiyalardan noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Moskva esa o‘z navbatida inqirozni o‘ziga qarshi qaratilgan cheklovlar natijasi sifatida ko‘rsatyapti.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan haftada G‘arb sanksiyalari global oziq-ovqat tanqisligi va energetik manbalarning narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘lganini maʼlum qilgandi.

 

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari, ayniqsa, Misr va Livan Ukraina hamda Rossiya bug‘doyi va mineral o‘g‘itlariga jiddiy ravishda qaram hisoblanadi. bu mamlakatlar  Moskvaning Ukrainaga qarshi harbiy amaliyot boshlaganidan so‘ng g‘alla yetkazib berilishi bo‘yicha jiddiy muammolarga duch keldi.

 

Bu esa YIning mintaqadagi taʼsiriga tahdid tug‘diradi. Yevropalik diplomatlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq mintaqani “qo‘ldan boy bera olmaydi”.  Shuning uchun tashkilot don tanqisligining oqibatlarini yumshatish maqsadida BMT oziq-ovqat dasturi bilan hamkorlikda yangi tashabbuslarni eʼlon qilmoqchi.

 

Masalan, YIdagi eng yirik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi Fransiya “Ferma” nomli loyihani ilgari surmoqda. U qashshoq davlatlar orasida oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash mexanizmini o‘z ichiga oladi. Parij bu tashabbus bo‘yicha iyun oyiga qadar xalqaro kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian seshanba kuni Rimda bo‘lib o‘tgan YI va BMT oziq-ovqat dasturi o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng maʼlum qildi. Yevropaning ayrim davlatlari boshqa choralarni taklif qilgan. Masalan, Vengriya iqlim bo‘yicha maqsadlarni o‘zgartirib, YIning o‘zida qishloq xo‘jalik ekinlarini ko‘paytirishga chaqirgan.

 

BMT oziq-ovqat dasturi Yevropa bilan yuqoridagi masala yuzasidan muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi.

 

Bryussel Rossiyaning oziq-ovqat tanqisligi bo‘yicha bayonotlarini dezinformatsiya sifatida baholamoqda. Al Jazeera bilan suhbatda bo‘lgan diplomatlardan biri YI Moskva bilan oziq-ovqat savdosi bo‘yicha cheklovlar joriy etmaganini aytgan. Ittifoqning Rossiyaga qarshi cheklovlari odatda oziq-ovqat tarmog‘ini qamrab olmaydi.

 

Bundan tashqari, Yevroittifoq bosh diplomati Jozep Borrel RFni Ukraina qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eksportini cheklashda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya port va omborlarga hujum uyushtirishda davom etmoqda. Kiyev esa yetarli zahiralarga egaligiga qaramay, ushbu omillar, shuningdek, yoqilg‘i yetishmasligi  tufayli o‘z g‘allasini eksport qila olmayapti. YEI eksportni Polsha orqali amalga oshirilishiga harakat qilmoqda.

 

Bundan tashqari, Bryussel Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaga 225 million yevro yordam ajratdi. Uning yarmi Misrga yo‘naltiriladi. Shuningdek, Livan, Iordaniya, Tunis, Marokash va Falastin 15 dan 25 million yevrogacha oladi.

 

Shu bilan birga Yevrottifoq G‘arbiy Bolqon davlatlari qishloq xo‘jaligi uchun qo‘shimcha 300 million yevro ajratmoqchi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"