Jahon

Misrda sayyohlik avtobusi yonib ketdi

Fransiya va belgiyalik turistlar halok bo‘lgan.

Misrda sayyohlik avtobusi yonib ketdi

 

Misr janubidagi trassada sayyohlik avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketdi, kamida 10 kishi, jumladan 4 nafar Fransiya  va 6 nafar Belgiya fuqarosi halok bo‘ldi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, falokatda  besh misrlik ham hayotdan  ko‘z yumgan.

 

Qurbon bo‘lgan misrliklar orasida avtobus haydovchisi, uning yordamchisi va ekskursiya boshlig‘i hamda yuk mashinasida bo‘lgan ikki kishi bor, deyiladi prokuratura bayonotida. 

 

Avtobus Nil daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida, qadimiy Luksor shahridan 55 kilometr  janubda joylashgan Esna ibodatxonasi tomon ketayotgan edi.

 

YTH sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"