Jahon

Lukashenko Belarusning Rossiya tarkibiga qo‘shilish imkoniyatini baholadi

Ko’plab davlatlar Rossiya qatori Belorusga ham sanksiylar joriy etgan

Lukashenko Belarusning Rossiya tarkibiga qo‘shilish imkoniyatini baholadi

 

Aleksandr Lukashenko Belarusiyaning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi haqidagi gap-so‘zlarga javoban eski usullar bilan ish tutadigan darajada ahmoq emasligini ta’kidlagan. Bu haqda “РИА Новости” xabar berdi.

 

Go‘yoki, Belarus Rossiya tarkibiga kiradi. Putin va men eski usullar bilan ish tutadigan darajada ahmoq emasmiz. Biz shunday birlikni quramizki, ular bizdan sanksiyalarni yengib o‘tishni o‘rgansin, - degan Belаrus rahbari.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Belarus va Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etgan davlatlar hali kechirim so‘rashlarini ta’kidlagandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"