Jahon

Gonkongda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari har kuni COVID-19'ga test topshiradi

Bu haqda Gonkong maʼmuriyati rahbari Kerri Lam maʼlum qildi.

Gonkongda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari har kuni COVID-19'ga test topshiradi

 

Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi hukumati maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarini har kuni koronavirusga testdan o‘tkazishni talab qiladi.

 

Kerri Lamning so‘zlariga ko‘ra, kunduzgi darslar qayta tiklanganidan so‘ng o‘quvchilar va o‘qituvchilar har kuni koronavirusga test topshirishlari kerak. Faqatgina COVID-19 test natijasi manfiy chiqqan o‘quvchilar va o‘qituvchilar darslarga qatnashishi mumkin.

 

Shu bilan birga, o‘quvchilar o‘rtasida COVID-19 testini o‘tkazish uchun 10 milliondan ortiq bepul to‘plamlar tarqatiladi. Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi bayonotida aytilishicha, emlanmagan o‘quvchilar darsdan tashqari sport va musiqa kabi mashg‘ulotlarga borishga ruxsat berilmaydi.

 

Agar o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab xodimlari umumiy sonida koronavirus bilan kasallanganlar ulushi 5 foizdan oshsa, kunduzgi bo‘limda darslarni to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqiladi.

 

Gonkongda 20 apreldan o‘rta maktab o‘quvchilari uchun darslar qayta tiklanishi, may oyi boshidan esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z partalariga qaytishi kutilmoqda. Gonkongdagi 12 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning deyarli 80 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan, 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 30 foizi emlangan.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 10 aprel holatiga ko‘ra, Gonkongda mingdan ortiq yangi mahalliy koronavirus infeksiyasi holati va COVID-19 dan 56 kishi vafot etgan.

 

Gonkongda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 1,19 milliondan oshdi, shu bilan bog‘liq vafot etganlarning umumiy soni 8557 nafarga yetdi.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"