Jahon

Shahboz Sharif Pokistonga Bosh vazir etib tayinlandi

Ovoz berish jarayonida uning nomzodini 174 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi.

Shahboz Sharif Pokistonga Bosh vazir etib tayinlandi


Pokiston parlamentida Bosh vazir lavozimiga ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.  Unda Shahboz Sharif nomzodini 174 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi. Shunday qilib, u Pokistonning yangi Bosh vaziri sifatida qasamyod qabul qilgan.

 

Mamlakatning sobiq Bosh vaziri Imron Xon esa ishonchsizlik votumi natijasida bosh vazir lavozimidan chetlashtirildi. Milliy majlisning 342 deputatidan 174 nafari unga qarshi ovoz bergan. 

 

Imron Xon o’z lavozimidan chetlashtirilishida “tashqi kuchlar”ni ayblagan.Uning da’vosicha, Pokiston muxolifati Xitoy va Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan mustaqil tashqi siyosati tufayli uni hokimiyatdan chetlatish uchun Vashington bilan til biriktirgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"