Jahon

Chimkentda g‘oyib bo‘lgan ayolning jasadi kanaldan topildi

Qutqaruvchilar ikki kun davomida qidiruv ishlarini olib borishgan.

Chimkentda g‘oyib bo‘lgan ayolning jasadi kanaldan topildi

 

10-aprel kuni soat 22:08 atrofida Enbekshi tumani, Jilan Buzgan qishlog‘ida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro uydan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Qarindoshlari uni vafot etgan deb taxmin qilishgan va Favqulodda vaziyatlar departamentiga xabar berishgan.

 

“Hodisa joyiga yetib kelgan tezkor-qutqaruv otryadi va kinologiya xizmati xodimlari qishloq yaqinidan oqib o‘tuvchi irrigasiya kanalida qidiruv ishlarini olib borishdi. Kanalning kengligi 3 metr, chuqurligi 2-2,5 metr. Qidiruv ishlari natijasida 11-aprel kuni soat 12:15 da suvdan ayol kishining jasadi topilib, olib chiqildi”, — deyiladi Chimkent shahar IIB jamoatchilik bilan aloqalar guruhi xabarida.

 

Voqea joyida Chimkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor-qutqaruv guruhining 11 nafar xodimi, 2 ta texnika va 1 ta kinologik guruh ishlagan. Ularga Ichki ishlar bo‘limining 10 nafar xodimi, 30 nafarga yaqin qishloq aholisi 3 birlik texnika bilan yordam bergan.

 

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

custom img

Saudiya Arabistoni AQShdan Hormuz blokadasini bekor qilishni talab qildi

Saudiya rasmiylari vaziyat keskinlashganida Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi ham xavf ostida qolishi mumkinligini bildirdi.

custom img

Xitoy tankeri AQSh blokadasiga qaramay Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Xitoy AQSHni Eron neftini olish uchun Hormuz bo‘g‘oziga o‘z tankerlarini yuborishda davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

custom img

Eron arab davlatlaridan tovon puli talab qildi

Yaqin Sharq mamlakatlari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushida ishtirok etib, xalqaro huquqni buzganlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"